» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2691 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2691 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 16-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 nafarga oshib, 2691 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan. U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, shu yil 14-may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda bo‘lgan navoiylik fuqaroda aniqlangan.

O‘zbekistonda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda 522 nafar bemor kasalxonada davolanayotgani ma’lum qilingan. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют