» » Andijonda tanishining Damas’ini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda tanishining Damas’ini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro 2020-yil 11-may kuni tuman IIBga murojaat qilib, Damas rusumli avtomashinasi o‘g‘irlab ketilganini bildirgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Aniqlanishicha, 11-may kuni soat 13:00 larda Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro A.X. o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaro J.S.ning Damas avtomashinasini u savdo do‘koniga kirib ketganidan foydalanib, noma’lum tomonga olib qochgan.

J.S.ning arizasiga asosan mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida J.S.ga tegishli avtomashina Farg‘ona shahri, “Beruniy” mahallasi, Marg‘iloniy ko‘chasi hududidan topilib, egasiga qaytarilgan.

Ushbu harakatni sodir etgan fuqaro A.X. esa ushlanib, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют