» » Maksim Shatskix “Dinamo Kiyev”dagi so‘nggi o‘yinida maydonga tushirilmagani haqida: Yoqimsiz holat, bu klub uchun 10 yilimni bergandim

Maksim Shatskix “Dinamo Kiyev”dagi so‘nggi o‘yinida maydonga tushirilmagani haqida: Yoqimsiz holat, bu klub uchun 10 yilimni bergandim


O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi, hozirda Rossiyaning “Rotor” jamoasi yordamchi murabbiyi Maksim Shatskix “Tezkor studiya” dasturida “Dinamo Kiyev”ni tark etishi arafasidagi so‘nggi o‘yinni yodga oldi.

2009-yili mavsumning so‘nggi uchrashuvida kiyevliklarning o‘sha vaqtdagi ustozi Yuriy Syomin Shatskixni maydonga tushirmagan edi.

“Bu haqida ko‘p bora gapirganman. Yuriy Syomindan xafa bo‘lmaganman, hech qachon unga nisbatan kek saqlamaganman. Shunchaki bir jihat yoqimsiz bo‘lgan, so‘nggi o‘yin, natija muhim emas... Men bu klubga o‘n yilimni bergandim va muxlislar bilan maydonda xayrlashishni istagandim, tribunada emas. Biroq bundan xafa bo‘lmaganman, shundan ikki yil o‘tib Syomin bilan yig‘inlarning birida uchrashib qolganmiz, biz so‘rashdik va bir dasturxon ustida suhbatlashdik.

Yana qaytaraman, hech qanday xafagarchilik yo‘q, biroq bu futbol tomondan noto‘g‘ri. Agar bu hal qiluvchi yoki chempionlik o‘yini bo‘lganida to‘g‘ri tushungan bo‘lardim. Ammo ular chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygan va bu keraksiz o‘yin edi. Hech bo‘lmasa 30 soniyaga bo‘lsa ham maydonga tushirib, muxlislar bilan xayrlashishga imkon berish mumkin edi. Men shunday hisoblayman”, — deydi Shatskix.

Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassis Syominning “Lokomotiv Moskva” bosh murabbiyligidan ketgani haqida gapirib o‘tdi.

“Hammasi asta-sekin shunga qarab kelayotgandi. Uning klub rahbariyati bilan munosabati ancha oldin yomonlashgan va iste’fo vaqt masalasi edi. O‘ylashimcha, u bunga tayyor edi, shu sabab bu ortiqcha shovqinsiz hal bo‘ldi. Faqatgina “Loko” muxlislari bundan norozi, chunki ular Syominni yoqtiradi. G‘alati bo‘lsa ham bir gapni aytaman, mazkur qaror adolatsiz bo‘ldi”, — deydi Shatskix.

Eslatib o‘tamiz, Shatskix 1991—2009-yillar mobaynida Kiyevning “Dinamo”sida to‘p surgan. Yuriy Syomin esa 2007—2009-yillar oralig‘ida kiyevliklar klubini boshqargan.

Mavzuga doir: 

Maksim Shatskix: Rossiya terma jamoasida to‘p surish taklifini ikkilanmay rad etganman

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют