» » BMW million kilometr yo‘l bosgan sedanini namoyish etdi (video)

BMW million kilometr yo‘l bosgan sedanini namoyish etdi (video)


Inside BMW Group Classic seriyasining epizodlaridan birida nemis markasining klassik avtomobillar bo‘linmasi xodimlari bir million kilometrdan ortiq masofa bosgan 1950-yilgi BMW 501 sedanini namoyish etdi. Mashinaning oldingi egasi uni BMW Classic kolleksiyasiga topshirgan, oradan 40 yil o‘tib esa u to‘liq restavratsiya qilindi, deb xabar beradi Motor.

501 sedani BMW’ning urushdan keyingi ilk modeli va Bavariyadagi zavodda yig‘ilgan birinchi mashina hisoblanadi. Yumaloq shakli sabab u “Barokko farishtasi” nomini olgan. BMW Classic kolleksiyasidan bo‘lgan avtomobil 1955-yilda ishlab chiqarilgan va unga V8 dvigatel o‘rnatilgan. U 15 yil davomida Myunxendagi taksomotor parkida ishlagan va million kilometrdan ortiq masofa bosganidan so‘ng kompaniyaga qaytarilgan. Aytishlaricha, mashinaning egasi yangi BMW 1500 topshirilgan.

V8 dvigatelli modelni ishlab chiqarish 1954-yildan 1962-yilga qadar davom etgan bo‘lib, u 5914 nusxada sotilgan. Barcha sedanlarga 96 ot kuchiga ega 2,6 litrli dvigatel o‘rnatilgan va ular to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan boshqariladi.

1950—1960-yillarda 501-sedani, asosan, politsiyada xizmat qilgan.

Mavzuga doir: Volvo mashinasida 1,6 million km masofani bosib o‘tgan ayol taqdirlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют