» » Sardoba to‘g‘onini qurishga beton va armatura ishlatilmagani to‘g‘risidagi savollarga javob berildi

Sardoba to‘g‘onini qurishga beton va armatura ishlatilmagani to‘g‘risidagi savollarga javob berildi


Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sardoba to‘g‘oni qurilishida armatura ishlatilmagani, quruq tuproq bilan ko‘tarilgani haqida tarqalgan gap-so‘zlarga javob qaytardi.

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonovning aytishicha, to‘g‘onning o‘zi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli-toshli bo‘lgan.

“To‘g‘onni qurishda tuproq va tosh ishlatilgan. To‘g‘onning suv chiqaradigan joyi beton hamda armaturadan bo‘lgan, aynan suv chiqaradigan joyi.

Bunday suv omborlari juda ko‘p. Bunda tuproqning turiga qaraladi. O‘zbekistonda beton to‘g‘onlar ham bor, masalan, Andijon suv ombori beton to‘g‘oni hisoblanadi. Bu joyning relyefi hamda sharoitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga o‘xshagan hududlarda nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham xuddi shu kabi tuproqli to‘g‘onlar qurib foydalaniladi”, — deydi Vohidjon Ahmadjonov.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida 1-may kuni yuz bergan avariya sabablarini o‘rganish uchun xalqaro ekspertlar guruhini chaqirgan edi.

Mavzuga doir: Sardoba suv ombori kerakmidi o‘zi? Shavkat Mirziyoyev shu savolga javob berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют