» » Sardobadagi falokat oqibatlarini bartaraf etishga qariyb 17 ming shaxsiy tarkib jalb etildi

Sardobadagi falokat oqibatlarini bartaraf etishga qariyb 17 ming shaxsiy tarkib jalb etildi


“Yuksalish” umummilliy harakati Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda hududlarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 25 ta aholi punkti hamda 2,1 ming gektar va 19,6 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin yerlari toshqindan zarar ko‘rgan.

Hozirga qadar suv bosgan 25 ta aholi punktlaridan 13 tasi suvdan tozalangan va 20 ta aholi punktlari hamda ularning hududlari chiqindilardan tozalanib bo‘lingan.

Qayd etilishicha, 4 586 ta uy chiqindilardan tozalanib, suvdan tozalangan xonadonlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarga jami 16 787 nafar shaxsiy tarkib va 3 233 ta texnika jalb etilgan.

Avvalroq Sardobadagi falokatda salkam 6 ming turar joyga zarar yetgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Sardoba falokati sabablarini o‘rganish uchun Fransiya, Turkiya, Rossiyadan ekspertlar taklif qilindi

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют