» » Sardobadagi falokat oqibatida 32 mingga yaqin uy hayvoni yo‘qolgan

Sardobadagi falokat oqibatida 32 mingga yaqin uy hayvoni yo‘qolgan


Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini 31 mingdan ortiq uy hayvoni yo‘qolishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 31 719 ta uy hayvoni yo‘qolganligi aniqlangan (13 685 ta yirik va mayda shoxli qoramol, ot, 17 752 ta parranda va 282 ta boshqalar).

Ta’kidlanishicha, hozirga qadar 5 859 ta hayvon o‘lik holda topilgan va zararsizlantirilgan. Jumladan:

Shuningdek, 5 160 ta yirik va mayda shoxli qoramol, 5 143 ta ot tirik holda topilgan bo‘lib, ular o‘z egalariga qaytarilgan.

Avvalroq Sirdaryodagi toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Sirdaryo viloyati IIB Mirzaobod tumanida fuqarolarning chorva mollari talon-toroj qilinayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют