» » Polshada zarurat bo‘lganda kichraytirish mumkin bo‘lgan elektromobil yaratildi

Polshada zarurat bo‘lganda kichraytirish mumkin bo‘lgan elektromobil yaratildi


Polshaning Triggo kompaniyasi katta shaharlarga mos, zarurat bo‘lganida kichraytirish imkoni bo‘lgan elektromobil ishlab chiqdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Qayd etilishicha, yangilik, ayniqsa, aksariyat vaqtini tirbandliklarda o‘tkazadigan haydovchilarga qo‘l keladi. Zarurat tug‘ilganida elektrokarni 148 santimetrdan 86 santimetrgacha qisqartirish mumkin.

Triggo elektrokari kichraytirilganida soatiga 25 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Elektromobilda haydovchidan tashqari uning orqasida joylashgan o‘rindiqqa bir nafar yo‘lovchi ham joylasha oladi.

Elektrokarning og‘irligi 400 kilogramm keladi. U bir marta quvvatlanishda 100 kilometr masofani bosib o‘tadi. Transport vositasining maksimal tezligi soatiga 90 kilometrni tashkil etadi.

Elektromobilda rul o‘rniga yengil shturval o‘rnatilgan. Uni sotuv uchun ishlab chiqarish keyingi yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: Xitoyda Tesla Model’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan elektromobil taqdim etildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют