» » Maksim Shatskix: O‘zbekiston terma jamoasining hozirgi tarkibi bilan natijaga erishish juda qiyin

Maksim Shatskix: O‘zbekiston terma jamoasining hozirgi tarkibi bilan natijaga erishish juda qiyin


“Rotor” klubi yordamchi murabbiyi Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatsiz natijalarini milliy chempionatning kuchsizligi bilan bog‘ladi.

“Keling, ochiq gapiramiz: O‘zbekistonda faqat bitta klub qolgan — “Paxtakor”. Hozircha qolgan barcha jamoalarga qiyin va og‘ir. Bu birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasi uchun katta zarar. Milliy chempionat raqobatsiz o‘tadi, keyinchalik futbolchilar qiyinroq bosqichdagi o‘yinga yo‘l oladi va unga moslashish juda qiyin kechadi. Chunki yil davomida qo‘pol qilib aytganda havaskor tizimda o‘ynaysan.

O‘z-o‘zidan terma jamoa asosini “Paxtakor” futbolchilari tashkil etadi. Ular terma jamoaga borgach, o‘sha saudiyaliklar va arablarga qarshi o‘ynashga qiynaladi. Ular jismoniy tayyorgarlik va boshqa jihatlarda yaqqol ortda qoladi. Bularning barchasi milliy chempionat bilan bog‘liq, agar chempionat kuchli bo‘lganda terma jamoa ham ancha yaxshiroq ko‘rinish olardi.

Hozir bolaligidan Yevropa klublarida tarbiya topgan va O‘zbekistonga aloqasi bo‘lgan futbolchilarni qidirish, ularni qaytarish kerak. Ayni damdagi terma jamoa bilan biror natijaga erishish qiyin. Bilmadim, Vadim Abramov buni qanday uddalaydi, istalgan murabbiy uchun juda qiyin. Afsuski, avvalgi Odil Ahmedov yo‘q, u endi yosh emas. Ha, Shomurodov yaxshi harakat qilmoqda. Terma jamoada ta’minot yo‘q, yoshlar terma jamoalaridan ta’minot kutishning foydasi yo‘q”, — deydi Shatskix.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют