» » Sardobadagi falokat oqibatida jami 34 ta ijtimoiy soha obyektlari talafot ko‘rgani ma’lum qilindi

Sardobadagi falokat oqibatida jami 34 ta ijtimoiy soha obyektlari talafot ko‘rgani ma’lum qilindi


Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi jami 34 ta ijtimoiy soha obyektlari qisman va to‘liq darajada talafot ko‘rgani ma’lum qilindi.

“Yuksalish” umummilliy harakati Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tasvirlangan infografika bilan bo‘lishdi. Unda tasvirlanishicha, jami 34 ta ijtimoiy soha obyektlari qisman va to‘liq darajada, shuningdek, 6 ta profilaktika inspektorining xizmat uylariga talafot yetgan.

Ta’kidlanishicha, barcha ijtimoiy soha muassasalarida yetkazilgan talafot miqdori o‘rganilmoqda. Jumladan:

Avvalroq Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish maqsadida davlat budjetidan jami 1,5 trillion ajratilishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Sardoba to‘g‘onini qurishga beton va armatura ishlatilmagani to‘g‘risidagi savollarga javob berildi

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют