» » Tramp “super-puper” raketani yaratish boshlanganini e’lon qildi

Tramp “super-puper” raketani yaratish boshlanganini e’lon qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp tovushdan 17 barobar tezkor “super-puper” raketani yaratish ustida ish boshlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bizda raketa loyihasi bor, menga kecha aytishdiki u bizdagi mavjud raketalardan 17 barobarga tezroq ekan, shu sababli uni ‘super-puper’ raketa deb atayman. Eshitgan bo‘lsangiz, Rossiyada tovushdan besh barobar tezroq uchadigan raketa bor, Xitoy esa besh-olti barobar tezrog‘i ustida ish olib bormoqda. Bizda 17 barobar tezroq uchadigan raketa loyihasi bor va u hozirgina ruxsat oldi”, — deydi Tramp AQSh Kosmik kuchlari qo‘mondonligi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.

2019-yilning dekabrida NASA tovushdan tez samolyot sinoviga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgandi. 2018-yilda esa Rossiyada “dunyoning biror davlatida yo‘q” tovushdan tez, uchuvchisiz jangovar uchish qurilmasi ishlab chiqilishi haqida xabarlar tarqalgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют