» » Koronavirus sababli O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ham soddalashtiriladi

Koronavirus sababli O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ham soddalashtiriladi


Koronavirus sababli O‘zbekistonda 2020-yilda oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn shaklda amalga oshiriladi, kirish imtihonlari esa soddalashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida tasdiqlangan qabul nizomiga ko‘ra, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish 15-iyundan 5-iyulgacha, oliy diniy ta’lim muassasalarida esa 15-iyundan 15-iyulgacha o‘tkazilishi belgilangan.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish yuqorida qayd etilgan muddatlarda onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yillarda qabul imtihonlari o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida uchta fan — chet tili, tarix, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha test sinovi shaklida o‘tkazilgan. Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida arab tili fani bo‘yicha ijodiy imtihon, fiqh va aqoid, O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovi bo‘lib o‘tgan. Hadis ilmi maktabida hadis va mustalahul hadis, arab tili fani bo‘yicha ijodiy imtihon, O‘zbekiston tarixi fanidan test sinovi o‘tkazilgan.

Mamlakatda karantin tartiblari davom etayotgani va abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida, 2020/2021-o‘quv yili uchun diniy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlari fanlarni istisno tariqasida qisqartirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ta’kidlanishicha, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar, oliy diniy ta’lim muassasalariga esa o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari faqat ikkita mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, mutaxassislik fanlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi ikkita fan hisoblanadi. Har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test savoli beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 3,1 ball bilan baholanadi. Maksimal ball — 186 ball.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют