» » Janubiy Koreyadagi zavod portlashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rad etildi

Janubiy Koreyadagi zavod portlashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rad etildi


O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi 15-may kuni Kyongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad etdi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, elchixona konsullik bo‘limi xodimi voqea joyiga tashrif buyurib, vaziyatni o‘rgandi va Haman tumani (Kyongnam provinsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa o‘rnatdi.

Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini tasdiqladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Avvalroq TIV Moskva viloyatida 5-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘inda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют