» » Sardobadagi falokat oqibatida 6 kishi vafot etgani ma’lum qilindi

Sardobadagi falokat oqibatida 6 kishi vafot etgani ma’lum qilindi


Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori devorining yorilishi natijasida yuz bergan falokat oqibatida 6 kishi — 2 nafar ayol, 4 nafar erkak halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Avvalroq falokat oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani va bir kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, suv toshqini haqida aholini ogohlantirish va evakuatsiya qilish chog‘ida Milliy gvardiyaning uch nafar xodimini kuchli oqim olib ketgan. Ulardan biri tirik holda topilgani, biri vafot etgan va yana bir nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Sardoba toshqini oqibatlari va ularni bartaraf etishga davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi

Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan,

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatilishi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Foto: Sardoba tumani aholisi uchun quriladigan 5 qavatli uylar loyihasi taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют