» » O‘zbekistonda yana 10 kishi koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 10 kishi koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida 16-may kuni 10 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafari Oqdaryo tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan, 2 nafari Toyloq tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 33 yoshda, yoshi kichigi esa 2019-yilda tug‘ilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 144 nafar bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 154 nafar fuqaro kasallikdan tuzaldi. Bir kun avval viloyatda 15 kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berilgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning umumiy soni 2168 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlarning umumiy soni esa 16-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2691 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют