» » Jastin Getji: Habibni taslim etganimdan keyin Konor bilan jang qilaman

Jastin Getji: Habibni taslim etganimdan keyin Konor bilan jang qilaman


Yengil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Jastin Getji kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Habibga qarshi jang — bu men kutayotgan to‘qnashuv. Bu men ishlab olgan va munosib bo‘lgan jang. Bu men uchun ayni damdagi yagona jang.

Biroq Habib Nurmagomedovni taslim etgandan keyin Konor Makgregor bilan jang qilaman, chunki daromad olishni xohlayman. Men bu yerda pul ishlash uchun yuribman”, — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Getji 5-raundda Toni Fergyusonni nokautga uchratgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi. Endilikda amerikalik sportchi mazkur vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga: Ortingda doim och sherlar bo‘ladi, biroq men o‘q uzilishidan avval yiqilmayman



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют