» » Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo markazi 16-maydan o‘z faoliyatini boshladi

Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo markazi 16-maydan o‘z faoliyatini boshladi


Toshkent shahridagi Samarqand Darvoza savdo markazi 16-maydan boshlab o‘z faoliyatini qayta tikladi. Savdo markazidagi do‘konlar, kiyim-kechak va aksessuar do‘konlari ochildi. Bu haqda muassasaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 16-may kuni ertalabdan Makro va Home Market do‘konlari, dorixona va kimyoviy tozalash shoxobchasi, kiyim do‘konlari, atir va zargarlik buyumlari sotiladigan do‘konlar, choyshablar, ko‘zoynaklar, soatlar va bosh kiyimlar sotadigan do‘konlar, uyali aloqa va Credit Express xizmatlari o‘z faoliyatini boshlagan.

Mazkur do‘konlar 16-maydan boshlab soat 10:00 dan 19.00 gacha, 18-maydan esa soat 10:00 dan 21:00 gacha ish olib boradi.

Shu bilan birga, savdo majmuasidagi o‘yin maydonchasi, kinoteatr, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, qahvaxonalar va muzqaymoq sotiladigan do‘konlar yopiqligicha qoladi.

Ma’lum qilinishicha, savdo majmuasining ochilishiga tayyorgarlik jarayonida zararsizlantirish uchun barcha choralar ko‘rilgan hamda xodimlarga shaxsiy gigiyena va COVID-19 epidemiyasi sharoitida ishlash haqida ma’lumot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hududlar so‘nggi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 7-may kuni e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahri “sariq” hudud hisoblandi. Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 11-maydan tuman va shaharlar ham “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan, Toshkent shahrining barcha tumani “sariq” hududlar ro‘yxatiga kirgan. “Sariq” hududlarda ijtimoiy masofa saqlagan holda savdo majmualarining faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etilgan, bunda savdo majmualaridagi o‘yin maydonchalari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, attraksionlar yopiq holda qolishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют