» » Davlat xizmatlari agentligi “Vapshe malades bala” MChJning ro‘yxatdan o‘tkazilganiga tushuntirish berdi

Davlat xizmatlari agentligi “Vapshe malades bala” MChJning ro‘yxatdan o‘tkazilganiga tushuntirish berdi


“Vapshe malades bala” mas’uliyati cheklangan jamiyati 11-may kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgandi. Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida mazkur vaziyatga oydinlik kiritdi.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 33-moddasiga asosan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga bo‘lgan huquqqa ega, bu nomni uning o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi va o‘z ta’sis hujjatlarida ko‘rsatadi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni 2 ta usul bilan amalga oshirish mumkin:

“Yuqorida nomi qayd etilgan MChJ haqiqatan ham Jizzax shahri hududida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ammo mazkur jarayon Davlat xizmatlari markazi orqali emas, balki tadbirkorning o‘zi tomonidan onlayn tarzda amalga oshirilgan”, — deyiladi xabarda.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga asosan, mas’uliyati cheklangan jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi o‘zining shaxsiy kabineti yoki “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”dan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lgandan so‘ng:

Ma’lumot tariqasida, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga asosan firma nomida:

Eslatib o‘tamiz, mart oyida havaskor qo‘shiqchi Ohun Hasanov tomonidan ijro etilgan “Vapshe malades” qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan edi. Hozirga qadar mazkur qo‘shiq YouTube tarmog‘ida 170 ming martadan ortiq tinglangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют