» » Toshkentda yana 27 kishi koronavirusdan sog‘aydi, ular orasida 4 yoshli bola ham bor

Toshkentda yana 27 kishi koronavirusdan sog‘aydi, ular orasida 4 yoshli bola ham bor


Toshkentda 16-may kuni 27 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning barchasi Toshkent shahridan va koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida yoshi kattasi 31 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 11 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Qolgan 20 nafar fuqaro esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ulardan 21 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, kichigi 4 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 682 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 709 nafarga yetdi.

Shu kunning o‘zida Samarqandda 10 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2168 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Endilikda ular soni 2195 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 16-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, 2719 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют