» » Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12 ta aholi punktida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12 ta aholi punktida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi


O‘zbekiston Energetika vazirligi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12 ta aholi punktida elektr ta’minoti to‘liq tiklanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunga qadar 3 ta podstansiya, 92 ta transformator punkti va 273 kilometr elektr uzatish tarmoqlarida (4963 ta elektr ustunlar) ta’mirlash tiklash ishlari olib borilib, to‘liq ishga tushirilgan.

Natijada 7987 ta elektr ta’minoti uzilgan aholi xonadonlaridan (suv yetib bormagan hududlar aholisini xavfsizlik uchun elektr ta’minotidan uzib qo‘yilganlar bilan 12 000 dan ortiq) 7987 tasi ham elektr energiya bilan ta’minlandi.

“Shuningdek, suv toshqini natijasida 12 ta aholi punktida elektr uskunalarga talafot yetgan edi. Bugungi kunda mazkur 12 ta aholi punkti barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Sardobadagi falokatda salkam 6 ming turar joyga zarar yetgani, Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangani, hududda talafot ko‘rgan aloqa obyektlari qayta ishga tushirilayotgani, toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarilgani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют