» » Key-Liga. Doston Tursunov jamoasi 93-daqiqada gol o‘tkazib yana mag‘lub bo‘ldi

Key-Liga. Doston Tursunov jamoasi 93-daqiqada gol o‘tkazib yana mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 16-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik futbolchi Doston Tursunov harakat qiladigan “Pusan Ay Park” jamoasi o‘z maydonida “Chonbuk Motors”ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar Hon Chon Honing golidan keyin oldinga o‘tib olgan bo‘lsa, 66-daqiqada maydon egalari Romuloning penaltidan kiritgan to‘pidan so‘ng muvozanatni tikladi. Biroq ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Veldveyk “Chonbuk”ning g‘alaba to‘pini kiritdi. Mazkur bahsda Doston Tursunov maydonga tushmadi.

Shu tariqa pusanliklar ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Chonbuk” esa ochkolarini 6 taga yetkazib olgan holda peshqadamga aylandi.

Shuningdek, 16-may kuni yana ikkita o‘yin o‘tkazildi, “Sanju Sanmu” o‘z maydonida “Kanvon”dan ustun kelgan bo‘lsa, “Tegu” va “Pohang Stilers” jamoalari o‘zaro murosa yo‘lini tanladi.

17-may, yakshanba kuni Ikrom Aliboyev jamoasi “Seul” o‘z maydonida Rustam Ashurmatovning “Kvanju”sini qabul qiladi. Jamshid Iskandarov harakat qilayotgan “Sonnam” esa “Inchhon Yunayted” bilan kuch sinashadi.

Key-Liga

2-tur bahslari

16-may, shanba

Gollar: 1:0 — 22, penalti Kan San Vu, 2:0 — 78 Mun Son Min.

Gollar: 0:1 — 43 Palochevich, 1:1 — 67 Edgar Silva

Gollar: 0:1 — 16 Hon Chon Ho, 1:1 — 66 Romulo, 1:2 — 90+3 Veldveyk.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют