» » Sirdaryodagi suv toshqini necha kishini o‘z oilasidan ajratib yuborgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryodagi suv toshqini necha kishini o‘z oilasidan ajratib yuborgani ma’lum bo‘ldi


Sirdaryodagi suv toshqini sababli amalga oshirilgan evakuatsiya vaqtida 44 nafar shaxs o‘z yaqinlaridan alohida joyga olib borilgan va ularning o‘z oilasi bilan aloqasi uzilib qolgan. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mavlonov ma’lum qildi.

Viloyat IIB rahbarining aytishicha, ayni paytda yaqinlaridan ajralib qolgan ana shu 44 kishining o‘z oilalari bilan aloqasi tiklangan. Mazkur fuqarolarning 30 nafari erkak, 14 nafari ayol kishi bo‘lgan, ularning besh nafari voyaga yetmagan bolalar hisoblanadi.

Shuningdek, evakuatsiya qilingan 89 ming nafar fuqaroning ro‘yxati to‘liq tuzilgan. Ularning qayerda va kim bilan yashayotganiga ham aniqlik kiritilgan.

Shavkat Mavlonovning ma’lum qilishicha, falokatning umumiy qurbonlari soni hozircha besh nafarni tashkil etmoqda, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Yana bir kishining qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: To‘g‘on yorilishi oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 4,3 mingdan ortiq xonadon zarar ko‘rgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют