» » Qashqadaryoda “zapravka”dan orqasi bilan chiqib kelayotgan furgon piyodani urib yubordi. Haydovchi mast bo‘lgan

Qashqadaryoda “zapravka”dan orqasi bilan chiqib kelayotgan furgon piyodani urib yubordi. Haydovchi mast bo‘lgan


Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 14-may kuni odam o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 11:15 larda Uzunnova qishlog‘idan o‘tuvchi A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 60-kilometrida yuz bergan. Spirtli ichimlik iste’mol qilgan 1975-yilda tug‘ilgan B.Ya. (erkak) Car Wash nomli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan “Paz 3742” rusumli transport vositasini orqaga harakatlantirib, asosiy yo‘lga chiqqan. Furgon haydovchisi yo‘l chetida taksi to‘xtatish maqsadida turgan 1995-yilda tug‘ilgan D.R.ni ko‘rmay qolib urib yuborgan.

25 yoshli yigit og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy hafta mobaynida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 11-may kuni Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Lacetti motorollerga urilishi oqibatida 38 yoshli motoroller haydovchisi, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Isuzu avtobusi velosipedchini urib yuborishi oqibatida 33 yoshli velosipedchi, 12-may kuni Buxoroning Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 33, 34 va 38 yoshli ayollar, Xorazmning Yangibozor tumanida Matiz urib yuborishi oqibatida 4 yoshli bola, 13-may kuni Andijonning Buloqboshi tumanida “Kamaz” urib yuborishi oqibatida 30 yoshli velosipedchi, Qashqadaryoda Nexia daraxtga urilishi oqibatida 57 yoshli yo‘lovchi, Xorazmning Urganch shahrida Cobalt va Spark to‘qnashuvi oqibatida 23 yoshli haydovchi vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют