» » Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari ma’lum qilindi

Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari ma’lum qilindi


2020-yilning 13-may kuni “Effect.uz” sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani, mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlanib, jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgan edi. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti mazkur jinoyat ishi tafsilotlarini taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 13-may kuni soat 18:30 da “Effect.uz” internet nashri operatori G‘iyosbek Eshov xizmat yuzasidan Matiz avtomashinasida Quva tumanidan Farg‘ona shahriga harakatlanib, Andijon—Farg‘ona va Qo‘shkechik—Begat yo‘llari kesishgan chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan vaqtida uning yoniga 38 yoshli U.I. boshqaruvidagi Matiz kelgan.

U.I. boshqaruvidagi Matiz’da uning tanishlari — 33 yoshli O.A., 24 yoshli M.X. va 21 yoshli S.R. bo‘lgan. Mazkur fuqarolar internet-nashr operatorining ko‘ziga noma’lum moslama bilan ko‘zni yoshlantiruvchi suyuqlik sepgan va G‘iyosbek Eshov boshqaruvidagi Matiz’ning orqa oynasini urib sindirgan. Keyin esa ular G‘iyosbek Eshovga tegishli narxi 20 million so‘m bo‘lgan Canon 6D rusumli videokamerani qo‘lga kiritib, harakatni davom ettirgan.

Shundan so‘ng G‘iyosbek Eshov videokamerasini qaytarib olish maqsadida avtomashinasida ularning ortidan quvib borib, mazkur fuqarolarning avtomashinasi orqa qismiga urilgan. Natijada ularning mashinasi yo‘l chetida joylashgan uyga urilib to‘xtagan. U.I., O.A., M.X. va S.R. videokamerani o‘zlari bilan olib, avtomashinadan tushib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida G‘iyosbek Eshovga tegishli bo‘lgan Canon 6D rusumli videokamera O.A. dan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” (Talonchilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.A., M.X. va S.R. lar protsessual tartibda ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют