» » Uzbekistan Airways samolyoti o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Rostov-Donga yetib bordi

Uzbekistan Airways samolyoti o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Rostov-Donga yetib bordi


Rossiyaning 46 nafar fuqarosi bo‘lgan Uzbekistan Airways samolyoti 16-may kuni Toshkentdan Rostov-Don shahriga yetib bordi. Bu haqda Rostovning “Platov” aeroporti vakili ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, samolyot qaytishida 260 nafar O‘zbekiston fuqarosini Toshkentga olib keladi. Avvalroq 13-mayga qadar 65 ming kishi Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, charter reyslar ro‘yxatiga yozilgani aytilgandi.

TIV xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati tuzilayotgani haqida xabar bergan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektorda xorijdagi vatandoshlar “imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgandi.

Shu munosabat bilan 11-maydan 24-mayiga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha 12 ta charter reys amalga oshirilishi belgilangandi, shundan 7 ta reys Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun jalb etiladi.

Charter reyslarda eng avval bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi. Mazkur reyslarga chiqish uchun diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalarda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Shundan so‘ng u Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ulardan Respublika maxsus komissiyasining qarorini kutishni so‘ragan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют