» » Rossiyada bir sutkada 9200 kishi koronavirusga chalinib, bemorlarning 119 nafari vafot etdi

Rossiyada bir sutkada 9200 kishi koronavirusga chalinib, bemorlarning 119 nafari vafot etdi


Rossiyada 16-may holatiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 119 kishi koronavirusdan vafot etib, qurbonlar soni 2 537 kishiga yetdi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar berdi. Bir kun avval 113 kishi vafot etgani ma’lum qilingandi.

Xabarda aytilishicha, koronavirusga chalinganlar soni so‘nggi sutkada 9 200 nafarga oshdi. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan kasallanishlar soni esa 272 043 taga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining aksariyati Moskvada (3 505 ta), Moskva viloyatida (937 ta) va Sankt-Peterburgda (525 ta) aniqlangan.

So‘nggi sutkada 4 940 kishi, epidemiya boshlanganidan buyon esa jami 63 166 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют