» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi


Xorazm viloyatida 16-may kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan 18 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan, 2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 1 nafardan esa Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan.

Ulardan 13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 11 nafari charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelingan va karantinga olingan.

Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning yoshi kattasi 54, kichigi esa 19 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun Xorazm viloyatidan tashqari Samarqand va Toshkentda jami 55 nafar bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 16-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, 2719 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют