» » Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotuvga chiqarildi

Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotuvga chiqarildi


Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotila boshlandi. Uning asosini politsiya 2019-yilgi norozilik namoyishini tarqatib yuborishda ishlatgan qora qalampir ziravorlari tashkil etadi, deb xabar beradi Associated Press.

“Uning ta’mi xuddi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz kabi. Birinchi qoshiqdan so‘ng nafas olish qiyinlashadi. U rostan ham juda achchiq. Odamning tezda suv ichgisi keladi. Bu men his qilgan og‘riqlarni yodga soladi”, — deydi norozilik namoyishi ishtirokchisi Anita Vong.

Muzqaymoq do‘konining egasi Gonkongda o‘tkazilgan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini tan olgan.

“Biz odamlarga norozilik namoyishida ishtirok etaverish kerakligini yodga soluvchi va jo‘shqinlikni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydigan ta’mni yaratishni istadik”, — deydi Vong.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’mini yaratish uchun ko‘plab masalliqlarni tatib ko‘rishga to‘g‘ri kelgan, masalan, vasabi va xantal, biroq eng ma’quli qora qalampir bo‘lgan.

Gonkong hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishi vaqtida 16 mingdan ortiq ko‘zni yoshlantiruvchi o‘qlar otilgan.

Mavzuga doir: Gonkong politsiyasi birinchi marta norozilik namoyishida o‘q uzdi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning avgust-sentabr oylarida ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun sabab Gonkongda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan edi. Ushbu qonun Xitoydan Gonkongga qochgan dissidentlarga qarshi qaratilgan. Keyinroq Gonkong ma’muriyati rahbariyati ushbu qonun loyihasini qaytarib olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют