» » Hindistonda vazni 22 kg bo‘lgan 85 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi

Hindistonda vazni 22 kg bo‘lgan 85 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi


Hindistonda vazni 20 kilogrammdan sal oshadigan 85 yoshli bemor koronavirusdan sog‘ayib, shifoxonadan chiqdi, deb yozmoqda The Hindu.

Qayd etilishicha, ayolga aprelning oxirlarida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Kasallik unda yengil shaklda o‘tgan. Shifokorlarning buni keksa ayolda surunkali kasalliklar bo‘lmagani bilan izohlagan.

Bemorni 12 kun davomida kuzatgan shifokorlar u sog‘ayganidan so‘ng uyiga ketishiga ruxsat bergan.

Avvalroq 113 yoshli ispaniyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa inson bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Rossiyada esa 100 yoshga to‘lgan ayol tug‘ilgan kunida koronavirusdan sog‘aydi.

Bundan tashqari, 104 yoshli italiyalik ayol koronavirusdan tuzalgani, 107 yoshli niderlandiyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa bemor bo‘lgani xabar berilgan edi. Shuningdek, Braziliyada 99 yoshli urush faxriysi ham koronavirusdan tuzalgan.

Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi, 304,8 ming kishi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют