» » Tesla egasi mashinasini o‘g‘irlashgan uringan shaxsni smartfon yordamida salonga qamab qo‘ydi

Tesla egasi mashinasini o‘g‘irlashgan uringan shaxsni smartfon yordamida salonga qamab qo‘ydi


Kaliforniyadagi savdo markazining avtoturargohida mashina o‘g‘risi noodatiy tarzda qo‘lga olindi. Mashina egasi o‘zining Tesla Model 3’ida o‘tirganida Charli Smit ismli erkak elektrokar eshigini ochib, unga salondan tushishni buyurgan. Tesla egasi qarshilik ko‘rsatmagan, biroq mashina joyidan qo‘zg‘algach, u elektrodvigatelni o‘chirib qo‘ygan va mashina eshiklarini qulflagan, deb xabar beradi Motor.

Tesla egasi buni elektrokarni masofadan turib boshqarish imkonini beradigan mobil ilova orqali amalga oshirgan. Politsiya voqea joyiga yetib kelib, salon ichidan chiqishga urinayotgan o‘g‘rini qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, erkak mast holda bo‘lgan. Jinoyatchiga mashina o‘g‘irlashga urinish ayblovi qo‘yilgan va u hibsga olingan.

Tesla mobil ilovasi elektrodvigatelni ishini boshqarish va eshiklarni qulflab qo‘yishdan tashqari smartfon yordamida avtomobilni geolokatsiya orqali aniqlash, real vaqtda quvvat miqdorini tekshirish, shuningdek, Tesla o‘z egasining oldiga kelishi uchun avtopilotni yoqish kabi funksiyalarga ega.

Tesla Model 3 2016-yilda taqdim etilgan bo‘lib, markaning ilk sedani hisoblanadi. Elektromobilga 258-462 ot kuchiga ega elektrodvigatel o‘rnatish mumkin. Mashina 100 km/soatga 3,5 soniyada chiqa oladi, maksimal tezligi 260 km/soat. Modelning o‘rtacha narxi 63 ming dollarga teng.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют