» » Moskva viloyati musulmonlar birlashmasi muhtoj odamlarga 15 tonna oziq-ovqat tarqatdi

Moskva viloyati musulmonlar birlashmasi muhtoj odamlarga 15 tonna oziq-ovqat tarqatdi


Moskva viloyati musulmonlar birlashmasi 7 mingdan ortiq muhtoj odamlarga 15 tonna oziq-ovqat tarqatdi, deyiladi Rossiya Muftiylar kengashi saytida e’lon qilingan Moskva viloyati musulmonlar diniy idorasi matbuot xizmati bayonotida.

Unda ta’kidlanishicha, oziq-ovqat to‘plamlari “Rossiya musulmonlar diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin qo‘llab-quvvatlashi va duolari bilan millati va dinidan qat’i nazar” muhtoj odamlarga tarqatilgan.

“Bularning barchasi hozirda yordamga, ayniqsa, muhtoj bo‘lganlar: keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, ishsiz qolgan muhojirlar hamda og‘ir yashash sharoitida qolgan odamlardir”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xayriya aksiyalari o‘tkazilishi davom ettirilishi ta’kidlanib, muqaddas Ramazon oyida savob umidida xayrli ishlarni amalga oshirganlarga minnatdorchilik bildirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют