» » O‘zbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestridagi korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2020-yil 1-aprel holati bo‘yicha respublikada 136 ta tabiiy monopoliya bor.

Yil boshidan ularning soni 1 taga, so‘nggi 2 yil davomida esa 12 taga qisqargan.

Tabiiy monopoliya — tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, monopoliya subyektlarining davlat reyestrining respublika bo‘limiga “Urgenchtransgaz” UK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Maxsusenergogaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Toshkent viloyati Chimgan-Chorbog‘ rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “O‘zaeronavigatsiya” DUK kirgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy bo‘limi ro‘yxatidan “Toshissiqquvvati” DUK, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK, “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” DUK, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Zenit” MChJ, “Fayz” MChJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ, “Toshkent issiqlik markazi” DUK, “Podyomnik” AJ, “O‘zelektroapparat-Elektrosheld” MChJ, South-West Terminal MChJ, “ATM Logistik” MChJ, “Suvsoz” DUK, “Toshkent suv ta’minoti” UK, “Rosinformservis” SHK va “Toshkent devor panellari zavodi” MChJ joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют