» » Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda

Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari— investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) prezidenti Szin Lisyun bilan O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning joriy holatini, shuningdek, koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan global inqiroz hodisalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish borasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida Szin Lisyun bankning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektor salohiyatini oshirish va respublika hududlarida bazaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qat’iy niyatlarini aytib o‘tdi.

Jumladan, OIIB va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 200 million dollar bo‘lgan loyiha konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, pandemiya sharoitida tadbirkorlik subyektlarining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini saqlash maqsadida bank rahbariyati O‘zbekistondagi tijorat banklariga yangi kredit liniyalarini ajratish orqali qo‘shimcha resurslarni yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston hukumati bank rahbariyatiga OIIB investitsiya qo‘mitasi tomonidan qiymati 156 million dollarni tashkil etadigan Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaning birinchi bosqichi doirasida maxsus kredit ma’qullangani uchun minnatdorchilik bildirildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1,3 milliard dollarni tashkil qiladi.

Shuningdek, bank tomonidan umumiy qiymati 500 million dollar atrofida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida avtomobil yo‘llari, aholi punktlari uchun suv va issiqlik ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilish loyihalari uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni ajratish jarayoni qisqa muddatlarda yakunlanishi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyoga ajratilgan 370 mln dollarning asosiy qismi O‘zbekistonga nasib etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют