» » Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan Bollivud yulduzlari

Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan Bollivud yulduzlari


Bollivud yulduzlarining Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan mashhur aktyor va aktrisalari haqida to‘xtalamiz.

Kapurlar oilasi

Kapurlar oilasi, Bollivuddagi eng ko‘p aktyorlardan iborat oila hisoblanadi va 1999-yil Ginnesning rekordlariga kiritilgan. Ushbu oiladan ilk bor Pritxviraj Kapur 1929-yilda aktyor sifatida o‘z faoliyatini boshlagan, keyinchalik o‘g‘illari Raj, Shammi, Shashilar ota kasbni davom ettirgan. Kapurlarning taniqli qarindoshlari orasida Amitabx Bachchan, rejissorlar Ramesh Sippi va Manmoxan Desai ham bor. Ranbir Kapur va Karina Kapur bo‘lsa, Pritxviraj Kapurning nevaralari hisoblanadi.

Shohrux Xon

Bollivud qiroli Shohrux Xon eng badavlat hind aktiyori hisoblanadi. U 2013-yilda 220.5 kror daromad bilan Ginnes rekordlaridan o‘rin olgan.

Katrina Kaif

Yosh bo‘lishiga qaramay Katrina Kaif, Shohrux Xon bilan bir yili Ginnes rekordlariga eng badavlat aktrisa sifatida kiritilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u bir yilda 63,75 kror daromad topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ashok Kumar

Ashok, Bollivud tarixida eng uzoq karyera qilgan aktyor sifatida rekord o‘rnatgan. Ta’kidlanishicha, u 1936-yilda “Jeevan Naiya” filmidagi debyutidan keyin 63 yil davomida tinimsiz suratga tushgan.

Abxishek Bachchan

Amitabx Bachchanning o‘gli Abxishek, Ginnesning rekordlari kitobiga 2009-yilda kiritilgan. Uning rekord qo‘yishiga “Deli-6” filmi targ‘iboti uchun 12 soat ichida 7 ta shaharga borib chiqish qilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют