» » Indoneziya mamlakatga kirish uchun sog‘liq haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishni majburiy qilib qo‘ydi

Indoneziya mamlakatga kirish uchun sog‘liq haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishni majburiy qilib qo‘ydi


Indoneziya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat fonida yangi talablarni joriy etib, mamlakatga kelganlarning barchasiga sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishni majburiy qilib qo‘ydi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Antara agentligi ma’lum qilgan.

Unda aytilishicha, ma’lumotnoma Indoneziya fuqarolaridan ham, boshqa davlatdan kelgan fuqarolardan ham talab etiladi. Bunday ma’lumotnoma fuqaro kelayotgan mamlakat tomonidan berilishi va ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak. Ularning amal qilish muddati ma’lumotnoma berilgan vaqtdan boshlab 7 kun hisoblanadi.

Bundan tashqari, mamlakatga kelganlarning barchasi karantin muddatini o‘tashi ta’kidlanmoqda. Qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar ham ko‘zda tutilgan.

Indoneziya SSVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 17 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 1000 dan ortiq kishi virus qurboni bo‘lgan.

Dunyo bo‘yicha esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi.

Mavzuga doir: Keyingi pandemiyaning ehtimoliy sababi Amazoniyadagi virus bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют