» » JSST rahbari shifokorlarni COVID-19 bilan bog‘liq bolalar sindromiga e’tibor qaratishga chaqirdi

JSST rahbari shifokorlarni COVID-19 bilan bog‘liq bolalar sindromiga e’tibor qaratishga chaqirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus shifokorlarni bolalarda yuz berayotgan yangi yallig‘lanish sindromiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Mazkur sindrom Kavasaki sindromiga o‘xshaydi va koronavirus bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“So‘nggi haftalarda Yevropada va Shimoliy Amerikada Kavasaki kasalligi va toksik shok sindromiga o‘xshash ko‘p tizimli yallig‘lanishga uchragan bolalar intensiv terapiya bo‘limlariga tushgani haqida xabarlar kelib tushdi. Dastlabki taxminlar bu sindromni COVID-19 bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Uning sababini tushunish va davolash choralarini aniqlash uchun bu sindromni tezlikda aniqlash kerak”, — dedi tashkilot rahbari.

Mavzuga doir: JSST bosh direktori koronavirusga qarshi eng samarali choralardan birini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST butun dunyo bo‘yicha shifokorlar tarmog‘i bilan bolalarda kuzatilayotgan mazkur sindromning dastlabki tavsifini ishlab chiqqan.

JSST rahbari butun dunyodagi shifokorlarni milliy hukumatlar va JSST bilan ishlashga, tayyor bo‘lishga va bolalardagi bu sindromni yaxshiroq tushunishga chaqirgan.

Mavzuga doir: Rossiyalik mutaxassislar koronavirusning noodatiy belgisini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют