» » AQShda cho‘lda tashlandiq yotgan 29 klassik avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi

AQShda cho‘lda tashlandiq yotgan 29 klassik avtomobildan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yildi


Amerikada 1939-yildan 1996-yilga qadar ishlab chiqarilgan va Sanora cho‘lida tashlandiq yotgan 29 dona klassik avtomobillar kolleksiyasining egasi o‘z mashinalaridan “qutulish”ga qaror qildi. Barcha kolleksiya 50,7 ming dollarga baholangan, biroq mashinalarni alohida-alohida xarid qilsa ham bo‘ladi. Kolleksiyadan o‘rin olgan eng arzon mashina — 1993-yilda ishlab chiqarilgan Buick Roadmaster bo‘lib, 650 dollar turadi, eng qimmati esa — 1967-yilgi Pontiac Lemans 5 ming dollarga baholanmoqda.

E’longa ko‘ra, kolleksiyadagi eng eski avtomobil 1939-yilgi Buick bo‘lib, uni 800 dollarga xarid qilish mumkin, avtomobillar egasi Oldsmobile uchun esa 1200 dollar so‘ramoqda. Cho‘lga tashlab ketilgan mashinalar orasida noyob modellar ham bor. Masalan, 1976-yili 50 nusxada ishlab chiqarilgan Cadillac katafalki, u 2800 dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, kolleksiyadan Mercury Montery (1958-yil, 3500 dollar), Ford F600 (1963-yil, 2000 dollar), uchta Buick Electra (1977-yilgi 1000 dollar) va ikkita Impala (1968-yil, 3200 dollar va 1969-yilgi esa — 1200 dollar) o‘rin olgan.

E’lon mualliflarining ogohlantirishicha, mashinalarning aksariyati yurmaydi va ularni sudrab olib ketish kerak. Suratlardan ko‘rish mumkin, avtomobillar jiddiy restavratsiyaga muhtoj.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют