» » UFC Fight Night 172: Alistar Overim 2-raundda Uolt Harrisni nokautga uchratdi

UFC Fight Night 172: Alistar Overim 2-raundda Uolt Harrisni nokautga uchratdi


AQShning Jeksonvill shahrida (Florida shtati) Toshkent vaqti bilan 17-may, yakshanba kuni UFC Fight Night 172 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

UFC haftaligining so‘nggi musobaqasi asosiy jangi og‘ir vazn vakillari Alistar Overim va Uolt Harris o‘rtasida kechdi. Unda Overim raqibini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishdi.

Ushbu natijadan so‘ng Overimning MMA’dagi umumiy g‘alabalari soni 46 taga yetdi. Alistar 18 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Harris esa faoliyatidagi sakkizinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Uning hisobida 13 ta g‘alaba mavjud.

Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishing:

Klaudia Gadelya ochkolar hisobida Anjela Hillni mag‘lubiyatga uchratdi: (28-29, 29-28, 29-28);

Den Ij ochkolar hisobida Edson Barbozadan ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28);

Kshishtof Yotko ochkolar hisobida Erik Andersni mag‘lub etdi (30-27, 29-28, 29-28);

Song Yadong ochkolar hisobida Marlon Veradan ustun bo‘ldi (29-29, 29-28, 29-29).

Barcha jang videolarini tomosha qiling: Havola

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют