» » O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida savdo zonalari yaratiladi

O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida savdo zonalari yaratiladi


O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari ? investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardoq Umurzoqov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan videokonferensaloqa orqali muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Xususan, 2020-yilning ikkinchi yarmida Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini birgalikda hal etish uchun samarali platforma sifatida o‘zini ko‘rsatgan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini hamda O‘zbekiston—Turkmaniston ishbilarmonlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish dolzarbligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida chegara savdo zonalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi, bu esa ikki mamlakat bozorlarida talabga ega qishloq xo‘jaligi va maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari hamda neft-kimyo mahsulotlari yetkazib berish orqali tovar aylanmasini sezilarli darajada oshirishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2019-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 78 foizga ko‘paydi, so‘nggi uch yil mobaynida esa o‘zaro savdo hajmi 3 barobardan ziyod oshgan.

Shuningdek, uchrashuvda uglevodorod xomashyosi konlarini o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va qurilish materiallarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish sohalarida investitsiya va sanoat hamkorligining yirik istiqbollari ham qayd etilgan.

Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakatda xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida muhokama etilgan yo‘nalishlar doirasida o‘zaro manfaatli loyiha va tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют