» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1138 kishiga, Qozog‘istonda esa — 6157 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1138 kishiga, Qozog‘istonda esa — 6157 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 21 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“17-may holatiga ko‘ra, yana 21 kishida COVID-19 qayd etildi”, — deydi mamlakat tezkor shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinganlarning uch nafari — tibbiyot xodimlari.

Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1138 kishiga yetdi, ularning 251 nafari — tibbiyot xodimlari. Hozirga qadar 14 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 801 nafar bemor esa davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga 80 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6 ming kishidan oshib ketdi, o‘tgan bir sutka davomida ularning soni 307 kishiga ko‘paygan.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka davomida qayd etilgan kasallanish holatlarining aksariyati Chimkent hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 77 bemor (o‘sish 28,6 foiz). Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlar soni 6157 kishini tashkil etmoqda.

Davlat komissiyasi qoshidagi tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar mamlakatda 34 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 2980 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda karantin cheklovlarini yengillashtirish boshlandi

O‘zbekistonda 17-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2741 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirusdan tuzalganlarning soni esa 2213 nafarga yetgan, 11 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют