» » Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat insonlari reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat insonlari reytingida bir pog‘ona yuqoriladi


Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen Alisher Usmonov Buyuk Britaniya aholisi orasidagi eng badavlat insonlar ro‘yxatida bir pog‘ona yuqoriladi. Reyting Sunday Times gazetasi tomonidan tuzilgan.

Koronavirus pandemiyasidan so‘ng e’lon qilingan mazkur reytingda Usmonov yettinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Sunday Times ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 11,68 milliard yevroga (14,16 milliard dollar) yetgan. 2019-yilda ushbu ko‘rsatkich 13,73 milliard dollarni tashkil etgandi.

Reytingning dastlabki yigirmataligidan ikki nafar rossiyalik ham o‘rin olgan. 11-o‘rinni Mixail Fridman 12,4 milliard dollar bilan egallagan bo‘lsa, undan keyingi pog‘ona Roman Abramovichga (12,31 milliard dollar) nasib etgan.

Forbes jurnalining aprel oyidagi eng boy rossiyaliklar reytingida ham biznesmenlar xuddi shu tartibda joylashgan edi.

Buyuk Britaniyaning eng boy insoni sifatida joriy yilda birinchi bor ixtirochi va Dyson Ltd. kompaniyasi asoschisi Jeyms Daysonga nasib etdi. Industrial dizayner, vakuum pilesos va qo‘lni gigiyenik qurutuvchi qurilmani yaratgan Daysonning boyligi 19,64 milliard dollarga yetgan. Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil Dayson uchun omadsiz kelgan. Xususan, u elektromobil loyihasi uchun pul tikib, 606 million dollaridan ayrilgan.

Daysonning birinchi o‘ringa ko‘tarilishiga Hinduja Group asoschilari aka-uka Sri va Gopi Xindujalarning bir yil davomida 7,27 million dollar yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Asli mumbaylik bo‘ygan biznesmenlarning boyligi 19,39 milliard dollarga baholangan.

Reytingning uchinchi pog‘onasini ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish bilan shug‘ullanuvchi aka-uka Devid va Saymon Reybenlar egalladi — 19,39 milliard dollar. Ularning boyligi bir yil ichida 2,42 milliard dollarga kamaygan.

Sunday Times’ning yozishicha, Buyuk Britaniyaning eng badavlat ming nafar fuqarosining boyligi 2008—2009-yillardagi moliyaviy inqirozga qaramay o‘sishni davom etgan, biroq koronavirus infeskiyasiga bog‘liq karantin ularga jiddiy zarar yetkazmay qolmadi. Umumiy yo‘qotish 65,45 milliard dollarga teng.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, milliarder Alisher Usmonov O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 million dollar o‘tkazib bergani, bu pullar Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi karantin uchun maxsus kasalxonani tibbiy asbob-uskunalarni ta’minlashga sarflanishi haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda Alisher Usmonovning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordami haqida to‘xtalib o‘tdi hamda buning uchun unga minnatdorchilik bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют