» » Dog‘istonda 40 nafardan ortiq shifokor koronavirus va pnevmoniya oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi

Dog‘istonda 40 nafardan ortiq shifokor koronavirus va pnevmoniya oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi


Dog‘istonda 40 nafardan ortiq shifokor pnevmoniya va koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Jamaludin Gajiibragimov bloger Ruslan Kurbanov bilan onlayn tarzda o‘tkazilgan intervyu vaqtida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada hozirga qadar 13 697 kishida koronavirus va pnevmoniya (kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan) qayd etilgan. Statsionarlarda 7 mingdan ortiq odam davolanmoqda. Shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya oqibatida butun respublika bo‘ylab 657 kishi vafot etgan.

Tekzor shtabning 16-may kungi ma’lumotlariga ko‘ra, Dog‘istonda 3280 kishida koronavirus aniqlangan va 27 kishi virus qurboniga aylangan. Respublika Rossiya mintaqalari orasida kasallar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan.

Kurbanovning nima sababdan ikki xil statistika yuritilayotgani, koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlar nega alohida hisoblanayotgani to‘g‘risidagi savoliga vazir “aslida bunday emas” deb javob qaytargan.

Sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, respublikada kasallik holatlarini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari bilan dastlab Rospotrebnadzor bo‘linmasi shug‘ullangan. “Keyinroq Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli laboratoriyalar ham qo‘shildi. Biroq pnevmoniya bilan faqat Rospotrebnadzor bo‘linmasi shug‘ullangan”, — deydi Gajiibragimov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonadan tashqarida pnevmoniya bilan kasallanganlar ham xuddi COVID-19’ga chalinganlar kabi davolanmoqda. U koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar orasida farq yo‘qligi ta’kidlab o‘tgan.

Rossiyada 16-may holatiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 119 kishi koronavirusdan vafot etib, qurbonlar soni 2 537 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: JSST rahbari shifokorlarni COVID-19 bilan bog‘liq bolalar sindromiga e’tibor qaratishga chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют