» » Facebook Giphy servisini sotib olib, uni Instagram’ga qo‘shib qo‘ydi

Facebook Giphy servisini sotib olib, uni Instagram’ga qo‘shib qo‘ydi


Facebook Giphy servisini sotib oldi. Kompaniya saytida yozilishicha, “vizual ifoda va ijodkorlik sohasida yetakchi Instagram jamoasi tarkibida Facebook kompaniyasiga qo‘shilgan”, deb xabar beradi IXBT.

GIF-animatsiya servisi 2013-yilda paydo bo‘lgan. U juda mashhur — so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, servis har kuni 700 milliondan ortiq foydalanuvchining so‘roviga 10 milliarddan ortiq javob qaytaradi.

Giphy imkoniyatlari anchadan buyon servisning yarim trafigini ta’minlaydigan Facebook oilasiga kiruvchi ilovalarda foydalanib kelinadi, masalan, ushbu trafik yarmining yarmi Instagram hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ijtimoiy tarmoq gigantining ma’lum qilishicha, Instagram va Giphy’ni birlashtirish “ideal GIF-fayllar va Stories hamda Direct’da stikerlar qidirishni soddalashtirish” imkonini beradi.

Giphy’ning xaridi va uning Instagram bilan integratsiyasi foydalanuvchilar uchun deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Foydalanuvchilar oldingidek GIF-fayllarni yuklay oladi.

Kelishuv qanchaga tushgani aytilmagan. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Giphy Facebook uchun 400 million dollarga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Facebook 2012-yilda Instagram’ni 1 milliard dollarga sotib olgan edi.

Mavzuga doir: Kevin Sistromning yo‘li. Instagram asoschisi qanday qilib milliarderga aylandi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют