» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan telefon orqali tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan telefon orqali tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib o‘tish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston—Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

“Muloqotning institutsional mexanizmlarini hamda o‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalari, boshqa ustuvor tarmoqlarda istiqbol yo‘nalish va loyihalarni ilgari surish zarurligi alohida ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda qat’iy ekanliklarini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston Prezidenti 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Sardoba suv omborida yuz bergan holatni muhokama qilgandi.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. Toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Mazkur favqulodda holatni muhokama qilish uchun Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют