» » BAAda bola chegaralar yopiqligi bois 2 oy onasidan uzoqda yashadi. Shunda u amirga xat yozdi va onasi uyga qaytarildi

BAAda bola chegaralar yopiqligi bois 2 oy onasidan uzoqda yashadi. Shunda u amirga xat yozdi va onasi uyga qaytarildi


Birlashgan Arab Amirliklarining yetti yoshli fuqarosi Archi Fitsjon ikki oy chegaralar yopilgani tufayli Britaniyada qolib ketgan onasisiz yashadi, deb yozadi Esquire.

Shundan so‘ng bolakay amirga murojaat qilib, onasini qaytarishga yordam berishini so‘rashga qaror qildi.

Archi BAAda onasi Jessika va otasi Richard bilan birga yashaydi. Jessika mart oyida otasining dafn marosimida ishtirok etish uchun Britaniyaga ketishga majbur bo‘lgandi. Bu vaqtda esa mamlakatlar koronavirus pandemiyasi tufayli o‘z chegaralarini yopa boshladi hamda Jessika Angliyada qolib ketdi.

Ikki oy onasini ko‘rmagan Archi o‘zi yashaydigan Ras-al-Xayma amirligi amiri Saud bin Saqr al-Qosimiyga maktub yo‘llashga qaror qildi.

O‘z maktubida bola “52 tunni onasisiz o‘tkazganini” yozdi. U, shuningdek, onasi qaytadigan kun aks etgan suratni ham maktubga ilova qildi.

Xat qanday qilib amirga yetkazilgan aytilmagan, biroq bola maqsadiga erishdi. Saud ibn Saqr al-Qosimiyni bolaning maktubi ta’sirlantirgan chog‘i, u Jessikani oilasiga qaytardi.

Bundan tashqari, shayx Archiga javob xati ham yozdi. “Men sening jasur bola ekanliging bilan faxrlanaman. Umid qilamanki, onangning uyga qaytishi seni tabassum qilishga undaydi”, — deyiladi maktubda.

Jessika endilikda 14 kunni karantinda o‘tkazadi, biroq ushbu holat uni tashvishga solmayapti.

Boshqa qiziq xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют