» » Karantinda o‘tirgan dizaynerlar pitssa va oyoq kiyimlar qutisidan bejirim sumkalar yasamoqda (foto)

Karantinda o‘tirgan dizaynerlar pitssa va oyoq kiyimlar qutisidan bejirim sumkalar yasamoqda (foto)


Italiyalik dizaynerlar Matteo Bastiani va Kyara Rivituzo camera60studio loyihasini ishga tushirdi hamda ushbu loyiha doirasida uydagi turli keraksiz qutilardan taniqli brendlar sumkalarining nusxasini yaratmoqda, deb yozadi Esquire.

Dizaynerlar sumkalar yasashda shokoladli batonchiklar, makkajo‘xori yormasi, Amazon yetkazib berish xizmati qutilaridan, chips folgasi va boshqa keraksiz narsalardan foydalanmoqda.

Masalan, dizaynerlar Dior’ning egar shaklidagi sumkasini Nike krossovkasining qizil-oq qutisidan yasadi.

Shuningdek, ushbu kolleksiyadan Jacquemus Le Chiquito mitti sumkasi va Prada Prime sumkasi ham o‘rin olgan.

Istalgan kishi ushbu sumkalarni uy sharoitida yasab ko‘rishi mumkin. Dizaynerlar o‘z saytida buning qanday qilinishini ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: Yaponiyaliklar videoaloqa yordamida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus kiyim yaratdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют