» » Namanganda piyoz ortilgan yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Namanganda piyoz ortilgan yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi


Namangan viloyatining Pop tumanida 16-may kuni Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 04:30 larda A 373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining 271-kilometrida yuz bergan. 1984-yilda tug‘ilgan D.E. (erkak) Isuzu yuk transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning pastlikka tushish qismida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilgan.

Natijada haydovchi D.E. va yo‘lovchilar 2000-yilda tug‘ilgan Sh.S. (erkak) va 1985-yilda tug‘ilgan U.B. (erkak) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

YHXBB tomonidan e’lon qilingan suratlarda yuk mashinasi ag‘darilgach, unga ortilgan piyozlar to‘kilib ketganini ko‘rish mumkin.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24-aprel kuni Pop tumanida yuk mashinasi ishtirokida odam o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz bergandi. Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi tog‘ga borib urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgandi.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi yo‘lning xavfli burilish qismida bir hafta farqi bilan ikkita yuk mashinasi beton to‘siqqa urilgani va haydovchilar vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют