» » Puerto-Rikoda AQShga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Puerto-Rikoda AQShga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi


Puerto-Riko gubernatori Vanda Vaskes Gardes mamlakatning yakuniy maqomini belgilash va AQSh tarkibida qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumni o‘tkazishga oid qonun loyihasini imzoladi.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, ovoz berish jarayonlari 3-noyabr kuniga — oroldagi umumiy saylovlar kuniga belgilangan.

“Puerto-Rikoda istiqomat qilayotgan 3,2 million Amerika fuqarosiga eng oxirgi navbatda bo‘lishdan voz kechish vaqti keldi. To‘liq tenglik!”, — deb yozadi gubernator o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Hozirda Puero-Riko AQSh boshqaruvi ostidagi orol bo‘lsa-da, uning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Amerika Konstitutsiyasi uning hududida cheklangan. Kongressda Puerto-Riko nomidan birgina delegat mavjud bo‘lib, uning ovoz berish huquqi yo‘q. U prezident saylovlarida ishtirok eta olmaydi.

La nacion’ning yozishicha, ovoz berish blankasida birgina savol bo‘ladi — Puerto-Rikoning AQSh tarkibiga zudlik bilan qo‘shilishi haqida. Nashrning ta’kidlashicha, orolning Qo‘shma Shtatlar hududiga qo‘shilishi borasidagi refendum natijalarini, xususan, kongress ham tasdiqlashi kerak.

2020-yilning yanvarida prezidentlik saylovlari poygasiga qo‘shilgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg Puerto-Rikoni AQShning 51-shtatiga aylantirish borasidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga va’da bergandi. Mart oyida esa Blumberg prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan voz kechgan.

2018-yilda kongressga Puerto-Rikoni 51-shtat sifatida qo‘shib olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kirilgan. U tasdiqlanadigan bo‘lsa, Amerika hukumati orolga nisbatan bungacha qabul qilingan qonunlarni bekor qilishi va Puerto-Rikoning AQShga qo‘shilishini 2021-yil 1-yanvardan kechiktirmay e’lon qilishi kerak bo‘ladi.

Yangi referendum Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shilish uchun so‘nggi sakkiz yil ichida o‘tkazilgan uchinchi ovoz berish jarayoniga aylanishi mumkin. 2017-yilda ko‘pchilik AQSh tarkibiga qo‘shilishni yoqlagan. Biroq Demokratlar partiyasi bunga qarshi chiqqandi. Yana bir referendum 2012-yilda o‘tkazilgan. O‘shanda Amerika shtati maqomi uchun 61 foiz Puerto-Riko aholisi ovoz bergan. Ammo mazkur qarorga Respublikachilar partiyasi qarshi chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют