» » Fransiya Italiyaning chegaralarni ochish to‘g‘risidagi qaroridan nozori ekanligini bildirdi

Fransiya Italiyaning chegaralarni ochish to‘g‘risidagi qaroridan nozori ekanligini bildirdi


Italiya hukumatining 3-iyundan boshlab bir tomonla tartibda chegaralarni ochish to‘g‘risidagi qarori Yevropa Ittifoqining birdamlik borasidagi g‘oyalariga mos kelmaydi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastanerga tayanib, Figaro xabar berdi.

“Italiyaning bugun ertalab e’lon qilgan bir tomonlama qarori biz birgalikda bajarishimiz kerak bo‘lgan ishlarga mos kelmaydi”, — deydi Kastaner. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun qarorlarni Yevropa darajasida muvofiqlashtirish imkoniyati juda muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, Kastaner dam olish kunlari Italiya TIV rahbari Luchano Lamorjeze bilan ushbu masalani muhokama qilishini qayd etgan.

Italiya Vazirlar kengashining qaroriga ko‘ra, 3-iyundan boshlab mamlakat tashqi chegaralari ochiladi va koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlar doirasida to‘xtab qolgan mintaqalararo harakatlarga ruxsat beriladi. Shuningdek, 18-maydan boshlab Italiyada provinsiyalar ichida harakatlanishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi. Bundan tashqari, Italiyada futbol klublariga 18-maydan guruh bo‘lib mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligining 16-kungi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 224 ming kishidan oshgan. Ularning yarmidan ko‘pi — 122,8 ming bemor sog‘ayib ketgan. Hozirga qadar 31,7 ming kishi COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют