» » IShID Iroqda AQSh va avstraliyalik harbiy instruktorlarga qarshi iprit zaharli moddasini qo‘lladi

IShID Iroqda AQSh va avstraliyalik harbiy instruktorlarga qarshi iprit zaharli moddasini qo‘lladi


IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroq harbiy qismlaridan birining hududidagi AQSh va avstraliyalik harbiy instruktorlarga qarshi iprit zaharli gazini qo‘llagan. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 16-aprel, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. 25 nafar iroqlik tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan, ammo instruktorlardan hech biri jabrlanmagan. Shuningdek, hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.

Nashr ta’kidlashicha, bu IShID tomonidan so‘nggi bir necha kun ichida amalga oshirilgan ikkinchi kimyoviy hujumdir. Avvalroq iroqlik ofitser jangarilar Mosulning g‘arbiy qismiga xlorli o‘q uzgani haqida gapirib bergan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют